Onlayn darslar uchun tavsiyalar

- Onlayn video, taqdimotlar, topshiriqlarni berish jarayonida jonli auditoriya muhitini oʼrnatishga harakat qiling;

- Mashgʼulotlarda tez-tez qatnasha olmayotgan o'quvchilar bilan shaxsan gaplashing; 

- Sinf uchun haftaning maʼlum vaqtini belgilab, oʼyin yoki innovatsion test oʼtkazing. Bu kunni quvchilar orziqib kutsin va koʼnikma hosil qilsin;

- Darsni iloji boricha har kuni bir vaqtda tashkillashtiring, oʼquvchining motivatsiyasi va bilim olishdagi samaradorligini oshirish uchun ular bilan hamfikr ekaningiz qiyofangizda ham aks etsin;

- Virtual guruh yoki kanal yarating; 

- Onlayn video dars oʼtsangiz, xonangizni ozgina bo'lsada dars uchun mos qilib jihozlang; 

- O'quvchilarni birga onlayn vazifa bajarishi uchun, oʼzini yolgʼiz his etmasligi uchun, sinfdagiday sherik qilib qoʼying;

- Ijodiy muhit yarating, bolalar onlayn ta'lim olish ham foydali ekanini his qilishsin;

- Akademik muvaffaqiyat darslikni mukammal tushunish bilan bogʼliqligini tushuntiring; 

- Virtual ofis soatlari tashkil qilib, bolalar savol berishiga imkon bering; 

- Bolalaga bir nechta qoʼshimcha manbalarni ham bering; 

- Ota-onadan bolaga stol-stul va qulay oʼqish joyi yaratishini iltimos qiling.