❓Savol: Informatika va axborot texnologiyalari fani amaldagi 6-7-sinf darsliklari 17 soatga moʻljallangan. Markaz tomonidan berilgan taqvim-mavzu rejada 34 soat koʻrsatilgan. Xuddi shunday 11-sinf darsligi 34 soatga belgilangan, biroq taqvim mavzu rejada 68 soat ajratilgan. Darslarni qanday tashkil etish kerak?
❗️Javob: Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2019-2020-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida Xalq taʼlim vazirining 2019-yil 9-sentabrdagi 293-son buyrugʻiga asosan, 7-sinflarga qoʻshimcha 0.5 soatdan, umumiy 17 soat, 11-sinflarga qoʻshimcha 1 soatdan, umumiy 34 soat qoʻshib berilgan.
Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2020-2021-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida 2020-yil 25-fevraldagi Xalq taʼlim vazirining 52-son buyrugʻiga asosan, 5-sinflarga amaldagi 17 soatga qoʻshimcha 0.5 soatdan, umumiy 17 soat, 6-sinflarga qoʻshimcha 0.5 soatdan, umumiy 17 soat qoʻshib berilgan edi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2021-2022-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida 2020-yil 9-dekabrdagi Xalq taʼlim vazirining 297-son buyrugʻi asosida 2021-2022-oʻquv yilida 5-, 6-, 7-sinflar amalda 34 soat, 9-, 10-, 11-sinflar 68 soat etib belgilandi.
Shu bois, amaldagi darsliklar bilan yuzga kelgan mutanosibliklarni oldini olish maqsadida taqvim -mavzu rejalar orqali darslikdagi mavzularga qoʻshimcha soatlar ajratilgan.
Shunday ekan, darslarni taqvim-mavzu reja asosida tashkil etiladi.