Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida dam olish kunlari qanday boʻladi?

Bu yil 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning yakshanba kuniga toʻgʻri keladi.

Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.

Shunga koʻra, bayram arafasida dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:

✅Haftada 5 kun ishlaydiganlar 3 kun dam oladi:

➖ 7-mart — shanba dam olish kuni;
8-mart, yakshanba– bayram kuni, dam olish kuni;
9-mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.

 

✅ Haftada 6 kun ishlaydiganlar 2 kun dam oladi:

8-mart, yakshanba– bayram kuni, dam olish kuni;
9-mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.

 

21-mart — Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari haqida quyida ma'lumot berilgan.
➡️https://muallimlar.uz/?uz=2171