Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan necha kun dam olinadi?

21-mart — Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan:

 Joriy yilda Navro‘z bayrami va Ramazon hayitining birinchi kuni aynan bir kunga — 21 mart, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shu sababli, haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 21 mart (shanba), 22 mart (yakshanba) va 23 mart (dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni) hisobiga jami 3 kunlik dam olish beriladi. Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 21 va 22-mart kunlari dam olish kuni bo‘ladi.

Ramazon hayiti boshqa kunga to'g'ri kelsa, dam olish sanalarida o'zgarishlar bo'lishi mumkin.