Yangi  baholash tartibiga koʻra oʻquvchiga kunlik baho qo'yish tartibi

YANGI BAHOLASH TARTIBIGA KOʻRA OʻQUVCHIGA KUNLIK BAHO QUYIDAGICHA QOʻYILADI

 

Formativ baholash darsda ishtiroki uchun:

➖oʻquvchi darsning hamma qismlarida faol, savollariga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa – 6 ball
➖oʻquvchi darsning ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob beradi, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa – 5 ball
➖oʻquvchi darsda faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa – 4 ball
➖oʻquvchi dars davomida faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa – 3 ball
➖oʻquvchi dars davomida savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa – 2 ball
➖oʻquvchining darsda ishtiroki sezilarli boʻlmasa – 1 ball

 

Formativ baholash uy vazifalarini bajargani uchun:

➖uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa – 4 ball
➖uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklar mavjud boʻlsa – 3 ball
➖uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa – 2 ball

 

Kunlik baholar maksimall 10 ball bilan baholanadi.

Asos: MMTV ning 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli buyrug‘i