Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 30-dekabrdagi 478-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari(KPI)ni baholash metodikasi hamda tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
➖Direktor yoki direktor oʻrinbosarlariga belgilanadigan har oylik ustama umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasidagi mavjud mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
➖Belgilangan ustamalar Jamgʻarmadagi mablagʻlardan oshib ketgan hollarda, mazkur belgilangan har oylik ustamalar tegishli miqdorga kamaytiriladi.
➖Har oylik ustama belgilanishi uchun direktor yoki direktor oʻrinbosarlari mazkur umumtaʼlim muassasasida kamida 9 oy davomida asosiy lavozimi boʻyicha faoliyat yuritgan boʻlishi lozim.
➖Direktor yoki direktor oʻrinbosarlari oʻzi faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasasida boshqa lavozimga oʻtganda yoki boshqa umumtaʼlim muassasasiga ishga oʻtganda ularga tayinlangan har oylik ustamalar saqlanmaydi, bundan teng lavozimga rotatsiya qilingan holatlar mustasno.