Bog‘cha va maktab pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshiriladi

Muhokama uchun e'lon qilingan Prezident Farmoni loyihasiga asosan pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida 2030-yilgacha:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 baravar oshirish (2026-da 0,4, 2027-da 0,8, 2028-da 1,2,  2028-da- 1,6 hamda 2030-da 2,0 barobarga);

 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish orqali 500 ming nafar pedagog kadrlarni qamrab olish;

Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlangan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.