Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarorining 48-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazilgandan soʻng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha 70 foiz ustama belgilanadi.
Bunda qoʻshimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi. Ustamaning amal qilish muddati ikki yil boʻlib, muddat yakunlangandan soʻng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkin boʻladi.
Ma'lumot uchun, 2025-yil avgust dekabr oylari Sertifikatlari joriy yilning 5-dekabr sanasi bilan rasmiylashtirilganligi sababli, yangi toifalar boʻyicha, shu jumladan 70% ustamalar ham 2025-yil 5-dekabrdan boshlab toʻlab berilishi kerak!