1 oy oldin ishga qabul qilingan xodimga mehnat taʼtili berish mumkinmi?

Mehnat kodeksining  227-moddasi birinchi qismiga koʻra birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy oʻtganidan keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra xodimga ishlagan olti oy oʻtguniga qadar ham mehnat taʼtili berilishi mumkin.

 

Demak, xodim ishga qabul qilinganligiga 1 oy boʻlganda ham mehnat taʼtilini berish mumkin. Bu holatda ish beruvchiga huquq berilgan majburiyat emas.

 

Masalan, 1 oy oldin ishga qabul qilingan xodim zaruriyat tufayli mehnat taʼtiliga chiqishi kerak boʻlganda, ish beruvchi bunga rozi boʻlsa, mehnat taʼtilini berishi mumkin, agar rozi boʻlmasa, bermasligi ham mumkin. Chunki taraflar kelishuviga koʻra deyilgan, ish beruvchini rozi boʻlmasligi kelishuv boʻlmaganligini anglatadi.

 

Agar ushbu holatda mehnat taʼtili berilsa, qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarga asosan toʻliq beriladi va toʻliq haq toʻlanadi.

Манба