2025-yil 23-oktyabrda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 398-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining ayrim buyruqlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra, sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilindi.
Shu sababli, ularni ishdan bo‘shatish, shuningdek sentyabr oyidagi sinf rahbarlik uchun to‘lovlarni davlat byudjetiga qaytarish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ham bekor bo‘ldi.