
Ramazon oyi 29 kun davom etishi va Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanishi e’lon qilindi.
Ramazon hayiti bizda ham 30-mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga, ya’ni 31-mart, dushanbaga ko‘chiriladi.
Bayram munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:
29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
31-mart (dushanba) — Ramazon hayiti munosabati bilan 30-mart kunidan ko‘chirilgan barcha uchun dam olish kuni.