Maktab va bog‘cha rahbarlari maoshi oshiriladi — Prezident farmoni!

Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda, - Prezident farmoni


2025 yil 1 sentyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bog‘chalar direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.