Javob: Albatta, yo‘q.
Ish joyingizda sizga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q!
Qo‘pol munosabatda bo‘lish uchun javobgarlik mavjud. Bu bo‘yicha prokuraturaga murojaat qiling. Istasangiz, biz ariza yozib beramiz.
Haqorat qilganlik – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida haqorat qilgan shaxsga nisbatan 7 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.