2025 yildan malaka oshirish tizimi o‘zgarmoqda

2025 yil 1 yanvardan boshlab malaka oshirish kurslari 1 oylik muddatga o‘zgarmoqda, Shuningdek pedagoglar 5 yilda bir martta malaka oshirishi belgilanmoqda.

O'qituvchilar bo'yicha:

2024-yilda onlayn malaka oshirgan o‘rta mahsus ma'lumotli va oliy ma'lumotli mutaxassis (stajyor) o‘qituvchilarning barchasi hamda amal qilish muddati 1 yil qolgan birinchi va oliy toifali o‘qituvchilar 2025-yilga, 

2024-yilda onlayn malaka oshirgan ikkinchi toifali o‘qituvchilarning barchasi va qolgan birinchi va oliy toifali o‘qituvchilar 2026-yilga reja qilinadi.

2024-yilda oflayn malaka oshirgan o‘rta mahsus ma'lumotli va oliy ma'lumotli mutaxassis (stajyor) o‘qituvchilarning barchasi 2027-yilga, 

ikkinchi va birinchi toifali o‘qituvchilar 2028-yilga, 

oliy toifali va toifasini umrbotga saqlab (ikkinchi, birinchi, oliy) 2024-yilda onlayn va oflayn malaka oshirgan barcha o‘qituvchilar 2029-yilga reja qilinadi.