2025 yildan ish haqi, pensiya va nafaqalar darajada oshirilishi kutilmoqda

 

Yanvar oyidan boshlab, ish haqi, pensiya va nafaqalar o‘z vaqtida to‘lanib, inflyasiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshiriladi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xabarda keltirilishicha, yuqoridagi qaror Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining "2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi qonun loyihasida bir o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda. 

 

Shuningdek, loyihada davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun yetarli miqdorda, jumladan kambag‘allikni qisqartirish uchun 20 trln, so‘m pul mablag‘lari ajratilganligi aytib o‘tilgan.

Xususan, inflyasiya darajasi 7 foiz bo‘lishi kutilmoqda.