Bolasini maktabga jo‘natmaydigan ota-onalar qancha jarima to‘laydilar?

 

 

Bolani maktabga yubormaydigan ota-onalar 5 mln so‘mdan ortiq jarima to‘lashi mumkin.

 

Qonunchilikka ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 375 ming so‘mdan 1 mln 875 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 375 ming so‘mdan 5 mln 625 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.