Alifboni tez va oson o'rganish!

Alifboni o'rganish zavqli va qiziqarli bo'lishi kerak. О'quvchilarni jalb qilishning eng yaxshi usuli — o'yin uslublaridan foydalanishdir.
 

O'quvchilar uchun o'yin uslublari:



Xamirdan harflar yasash plastilin yoki xamir bilan harflarni yasab, bir vaqtda tovushlarni talaffuz qiling. Bu mayda motorikani rivojlantiradi va harflarni yaxshi eslab qolishga yordam beradi.
Bo'yash — katta harflar chizilgan rasmlarni bo'yash uchun foydalaning.
Kesish va yopishtirish — oldindan kesilgan harflarni yig'ib, harflar puzzle kabi yig'iladi.
Qiziqarli topshiriqlar — harflar shaklida pechenyelar pishiring yoki ularni blinlarda murabbo bilan chizing!
 

Mualliflik uslublari:



Masalan, Polyakov usuli orqali harflarni tovush juftliklarini ko'p marotaba talaffuz qilish orqali o'rganish mumkin.

Bu usul har bir darsga atigi 10 daqiqa ajratiladi va alifboni tezda eslab qolishga yordam beradi.
 

O'qituvchilar va ota-onalar uchun maslahatlar:


➖ О'quvchini alifboni o'rganishga majburlamang, uni qiziqarli qiling.
➖ Harakatli o'yinlar yoki barmoq gimnastikasi bilan tanaffuslar qiling.
➖ O'rganilgan harflarni kundalik hayotda takrorlang — kitoblardan yoki yozuvlardan qidiring.
➖ Darslarni o'yin shaklida o'tkazing.
 

Alifbo — savodxonlik yo'lidagi ilk qadamlardir. Ta'lim o'yin orqali zavqli va samarali bo'lsin!




@trm_metodika