Mukofot pulidan daromad soligʻi ushlanadimi?

@Yurist_Xizmati

YURIST JAVOBI: 

Daromad solig‘i 12% stavkada ushlab qolinadi.

 

Soliq Kodeksining 179-moddasiga ko‘ra, faqat O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar daromad solig‘idan ozod qilinadi.