Tegishli ma’lumoti bo‘lmagan kadrlarga pedagog sifatida ishlash taqiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, quyidagi shaxslarga pedagog sifatida faoliyat olib borish taqiqlanadi:

 

-tegishli ma’lumoti va kasb tayyorgarligi bo‘lmagan;

 

-sudning qaroriga asosan muayyan huquqdan mahrum qilingan;

 

-sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan;

 

-psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan;

 

-pedagoglik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasallikka chalingan.

 

Mazkur bandning ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida keltirib o‘tilgan holatlar bartaraf etilganda pedagog sifatida faoliyat olib borishiga ruxsat beriladi.