“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish haqida qaror qabul qildi.

 

Qarorga koʻra, tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1. Hududiy saralash bosqichi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus bot orqali (2024-yil 16-sentabrdan 20-sentabr soat 18:00 ga qadar) taqdimotlar qabul qilinadi. Taqdimotlari Hakamalar hay’ati tomonidan 21-28 sentabr kunlari koʻrib chiqiladi va gʻoliblar aniqlanadi.

2. Respublika bosqichi: 20-oktabrga qadar Toshkent shahrida oʻtkaziladi va gʻoliblarni e’lon qilish va taqdirlash 21-oktabr Oʻzbek tili bayrami arafasida amalga oshiriladi.

 

Tanlovda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha taqdimotlar qabul qilinadi:

Ona tili fanidan;

Oʻzbek tili fanidan.

Videotaqdimotga quyidagicha texnik talablar qoʻyilgan:

– har qanday ixtiyoriy qurilmadan foydalangan holda tasvirga olish;

– davomiyligi 5-7 daqiqagacha;

– Microsoft Power Point dasturida;

– slaydlar soni 10 betda;

– matnlar Times New Roman 24 shritftda;

– ranglardam rasm va chizmalardan foydalanish sifat va qulaylikka e’tibor berilishi kerak.

Mazmun jihatdan esa quyidagi talablar qoʻyilgan:

–  tinglab tushunishga doir koʻnikmalarni rivojlantiruvchi usullarning berilganligi;

–  nutq soʻzlash, gapirishga doir koʻnikmalarni rivojlantiruvchi usullarning koʻrsatilganligi;

–  oʻqish va yozish koʻnikmlalarini rivojlantirish usullari;

–  har bir metod, texnologiyani darsning qaysi qismda foydalansihga tavsiya berilganligi;

–  har bir metod, texnologiyani qaysi mavzularda va qaysi sinflarda qoʻllashga tavsiyaning mavjudligi, ilmiy-metodik adabiyotlardan foydalanilganligi hamda ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boyitilganligi;

–  tavsiyalarning oʻziga xosligi, samadorligi, qoʻllashda qulayligi;

–  grammatik, orfografik, uslubiy hamda tinish belgilari bilan bogʻliq xatoliklarning boʻlmasligi;

–  taqdimotda faqat matndan foydalanmasdan, mavzuni yoritishda zamonaviy shakl, animatsion, infografika va diagrammalardan foydalanilganligi;

–  taqdimotga mazmun va shakl jihatdan kreativ yondashuv.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda jo'natishlari lozim:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati

Toshkent viloyati
Toshkent shahri

 

Tanlov nizomini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

 

Eng yaxshi o’zbek tili o’qituvchisi tanlovi nizomi