Sinfda davomat kam bo‘lsa, sinf rahbarlik to‘lovi ushlab qolinadimi?

Bu holatda pedagogga sinf rahbarlik uchun qo‘shimcha to‘lovni ushlab qolish noqonuniy.

 

Birinchidan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 27.06.2023 yildagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining yo‘riqnomasiga muvofiq, sinf rahbari sinfdagi davomatni nazorat qilishi, bu haqida ota-onalar bilan bog‘lanib, kelmaganlik sabablarini aniqlashi va maktab rahbariyatiga axborot kiritishi kerak.

 

Ushbu buyruqning 1-ilovasi hamda Xalq ta’limi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrug‘iga asosan MMIBDO‘ning lavozim majburiyatlaridan biri bu sinf rahbarlarining faoliyatini tashkil etish, o‘quvchilarining davomatlarini nazorat qilish hisoblanadi.

 

Yuqoridagi qoidaning mazmuniga ko‘ra, sinfdagi davomadni ta’minlashga sinf rahbari javobgar emas. U davomadni o‘z vaqtida amalga oshirib, darsga kelmagan o‘quvchilar haqida yuqoridagi majburiyatini bajarishi kifoya.