Oʻquvchilar uchun ustozlar javobgar emas!

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevral kungi 41-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

 

 

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

 

 

Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.