Bola rivojlanishiga xalaqit beruvchi holatlar

1. “Mumkin emas”ni juda koʻp aytish – Asossiz aytilgan har bir taqiq bolaning atrofdagi olamga boʻlgan qiziquvchanligini pasaytiradi va bilim olishiga xalaqit beradi.

 


2. Bolani oʻz holiga qoʻymaslik –
Bolani boʻsh vaqtida oʻzimiz xohlagan mashgʻulotlar bilan band qilamiz. Natijada bolada tashabbuskorlik va mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanmay qoladi.

 


3. Jismoniy jazoni qoʻllash – Mutaxassislar bolani tez-tez jismoniy jazolash uning rivojlanishda orqada qolishiga sabab boʻlishini isbotlashgan.

 


4. “Kattalar ishi”ga aralashmaslikni talab qilish – Masalan, bola nega kayfiyatimiz yoʻqligi yoki nimaga yigʻlaganimiz haqida soʻraganida, unga bola tilida vaziyatni tushuntirganimiz maʼqul.

 


5. Bolani olamdagi barcha narsadan himoya qilish – Uyda xavfsiz va toza sharoitni yaratishimiz, tashqi muhitni bola uchun xavfli qilib qoʻyadi. Shuning uchun bolani biroz erkin qoʻyib, u tashqi olam bilan tanishishiga imkon berishimiz kerak.