Direktor xodimni

Assalomu alaykum. Maktabda ishlaganimga deyarli 30 yil bo'ldi, o'rta maxsusman. Pensiyaga 6 yil qoldi. Direktorim Oliy ta’limga o'qishga kirmasangiz shartnomani bekor qilaman deyapti, shu to'g'rimi?

 


YURIST JAVOBI:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 16.08.2023 yildagi 247- sonli buyrug‘iga ko‘ra maktabga pedagog xodimlarni ishga qabul qilishda quyidagi mezonlarga rioya qilish lozim:

➖ Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi lavozimiga - boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatgan mutaxassislar;

 



➖ Fan o‘qituvchisi lavozimiga - fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatgan mutaxassislar.

Shuningdek, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 3271) 15-bandiga ko‘ra o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog xodimlarga ham tarifikatsiya asosida dars berish mumkin.

 



➖ Shunga ko‘ra direktor sizni o‘rta maxsus ma’lumotli ekanligingiz tufayli ishdan bo‘shata olmaydi. Lekin dars taqsimotida kam dars tegishi mumkin.

Manba: @Yurist_Xizmati‌‌