O’IBDO’ har oy o‘qituvchilardan oylik hisobotlarni talab qilishi huquqiy asosga egami?

Assalomu aleykum savolim bor edi. Man maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman savolim shuki, maktabda maktab rahbariyatiga ya'ni zauchga har oyda o‘qituvchilar ped yuklama bo‘yicha qanday hujjat topshirishlari kerak. Maktab zauchi maktabda har oyda o‘qituvchilardan ped yuklama bo‘yicha hujjat talab qiladi. O‘qituvchilar qonun bo‘yicha maktab zauchiga har oyda ped yuklama bo‘yicha hujjat topshirishlari kerakmi? Zauch ped yuklama bo‘yicha o‘qituvchilardan hujjat talab qilishi qonunan to'g'rimi?

 



YURIST JAVOBI:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20 - dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida quyidagilar:

 


➖ pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;


➖ o‘qituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish, o‘qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish belgilangan.



Mana shu qoidaga ko‘ra sizlardagi holatda O‘IBDO‘ sizlarda oylik hisobotlarni so‘rashi huquqiy asosga ega.

Манба: @Yurist_Xizmati‌‌