B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan ingliz tili o‘qituvchilariga bu yil ham ishlashga imkon berilishi mumkin

B2 darajaga (milliy va xalqaro sertifikatga) ega bo’lmagan amaldagi ingliz tili o’qituvchilari yangi o’quv yilida dars berishiga ruxsat beriladimi?

 



Ijtimoiy tarmoqda 2024-2025 o'quv yilida ingliz tili o’qituvchilari ishga kirish va ishda qolish uchun talab qilinayotgan B2 daraja sertifikati masalasi keng muhokama qilinyapti. Shu vaqtgacha maktabda ishlayotgan, lekin sertifikat olmaganlar nima qiladi? Agar ular sentabrda darslarga qo’yilmasa, o’qituvchilar vakansiyasini, yuklamasini kim to’ldiradi?



Kanalimga obunachilardan biri shu masalani so’rab yozgandi.
Bugun Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligida Hilola Umarova va vazir o’rinbosarlari ishtirokida o’tgan muloqotda ushbu savollarni so’radim.

 



Oydinlik kiritilishicha, hozirda o’qituvchilarga yana qo’shimcha muddat berilishi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritilgan. Ya’ni, ingliz tili o’qituvchilari 3 yil davomida ham zarur sertifikatga ega bo’lmagan bo’lsa, bu safar ham imkon beriladi.


Манба: @qurbonova_a