Bilim va malakalarni baholash agentligi 2023-yilda test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilgan edi.
Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi.
Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
???? Buning uchun talabgorlar 2023-yil 23-fevralga qadar my.dtm.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
- Ushbu foaliyat bilan shug‘ullanmaydigan maktab o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun qancha miqdorda va muddatda ish haqi to‘lanadi?
- Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun to‘lov miqdori davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Guruh nazoratchilariga ish haqi har bir test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng ikki oy ichida to‘lanadi.
Guruh nazoratchisining test sinovlarida ishtirok etgan davrida doimiy ish joyidagi maoshi saqlanib qolinadimi?
- Talabgorlar asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida guruh nazoratchiligiga jalb etiladi.
Guruh nazoratchilari bilan qancha muddatga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuziladi?
- Guruh nazoratchilari bilan xizmat ko‘rsatish shartomasi imzolangan kundan boshlab kalendar yili oxirigacha tuziladi.
Guruh nazoratchisida yashash joyiga yaqinroq bo‘lgan test sinovi o‘tkaziladigan hudud (bino)larni tanlash imkoniyati bormi?
- Vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqiladi. (Tanlash imkoniyati berilmaydi)
Yil davomida o‘tkaziladigan barcha test sinovlarida ishtirok etish majburiymi?
- Majburiy emas
Oliy ma’lumotga ega, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslar guruh nazoratchisi sifatida tanlovda qatnashishi mumkinmi?
- Mumkin