O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra:
➖ 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tizimi joriy etiladi.
➖ Huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari asosida shakllantiriladi.
➖ 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yana 11 ta chet tilidan (xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pusht-u, urdu, hindiy va uyg‘ur) ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.
➖ Imtihon kunlari va o‘rinlar soni Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti va YAIDXP orqali oldindan e’lon qilinadi.