Sinov jarayonlari yuqoridagi manzillarda tashkil etiladi.
➖ Ushbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 balldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
➖ Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Eslatma: navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 2026-yil 31-iyul (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.