Ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish bo‘yicha yangi tartib

1. Buyruq va platforma:

  • MMTV 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug‘i bilan yangi tartib tasdiqlandi.

  • Eski platforma faoliyati tugatiladi, yangi ommalashtirish.avloniy.uz platformasi ishga tushadi.

 

2. Hujjatlarni yuklash muddati:

  • Metodik ishlarni platformaga joylashtirish: 20-mart – 10-aprel.

  • Tavsiya etilgan yuklash kunlari: 1–2 aprel (tizimni ortiqcha yuklamaslik uchun).

 

3. Maktab miqyosidagi ommalashtirish:

  • Metodik ish avvalo Pedagogik kengash qarori bilan maktabda ommalashtiriladi.

  • Bu jarayon 20-martgacha amalga oshirilishi kerak.

 

4. Yuklanishi kerak bo‘lgan hujjatlar:

  1. Pedagogik kengash qarori nusxasi

  2. Metodik ishning elektron nusxasi: PDF va DOCX formatida

  3. Talabgor ma’lumotnomasi va diplom nusxasi (zarur bo‘lsa qayta tayyorlov sertifikati)

  4. Plagiat xulosasi (antiplagiat.avloniy.uz yoki boshqa tizimdan, kamida 70% original)

  5. Mutaxassislar tomonidan berilgan ijobiy taqriz

  6. Mualliflarning yozma roziligi (agar bir nechta muallif bo‘lsa)

 

5. Rad etish holatlari:

  • Hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa yoki talabga javob bermasa, metodik ish ko‘rib chiqilmaydi va rad etiladi.

 

6. Ekspertiza bosqichlari:

  • 1-bosqich: Texnik ekspertiza (Institut va hududiy pedagogik mahorat markazlari mutaxassislari):

    • Talablarga mosligi

    • Hujjatlarning to‘liqligi

    • Plagiat xulosasi mavjudligi

    • Platformaga to‘g‘ri joylashtirilganligi

  • Texnik ekspertizadan o‘tmagan metodik ishlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi.

 

7. Muhim yangilik:

  • Endilikda barcha metodik ishlar plagiat xulosasi bilan birga platformaga yuklanishi majburiy.

 

Ommalashtirish bo'yicha buyruq va nizom ➡️ Yuklab olish

Baholash mezoni ➡️ Yuklab olish