“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinov natijalari aniqlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning fevral oyida mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlari boʻlib oʻtdi.

➖ Unda tanlovning dastlabki bosqich natijalari boʻyicha saralab olingan 624 nafar talabgor pedagog oʻzaro bellashdi.

Mazkur bahslarda nomzodlarning oʻz fani boʻyicha dars oʻtish mahorati belgilangan mezonlar, xususan hakamlar hayʻati tomonidan – 60 ballik tizim asosida, tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan (ovoz berish yoʻli orqali) 40 ballik tizim asosida baholandi.

 

Tanlovning ikkinchi bosqich natijalari bugun pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga yuborildi.

➖ Oʻrnatilgan tartibga koʻra, har bir tuman (shahar) boʻyicha 2 nafardan, jami 416 nafar pedagog tanlovning uchinchi bosqichiga tavsiya etildi.

 

Tanlovning uchinchi bosqichining oʻtkazilish vaqti va shartlari xususida vazirlikning rasmiy kanallari orqali doimiy axborot berib boriladi.

Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, har bir tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻolib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 mln 800 ming soʻm)ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

➡️Tanlov natijalarini ko'rish