Oʻqituvchilarni aholini hisobga olish ishlariga jalb qilish qatʼiyan taqiqlanadi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilarni aholini hisobga olish ishlariga jalb qilinayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda.

Pedagog xodimlarni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, jumladan hududlarni obodonlashtirishga, qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish qat’iyan taqiqlangan hamda qonunbuzilish uchun javobgarlik belgilangan.

 

Agar sizda shunday holatlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ularni @munosibmehnat_bot Telegram boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga yuborishingiz mumkin.

Har bir murojaat o‘rganiladi va qonuniy choralar ko‘riladi.

Davlat mehnat inspeksiyasi