Darsda tartibni buzayotgan o‘quvchilarga nisbatan qanday chora-tadbirlar mavjud?

Dars jarayonida o‘quvchining intizomga zid xulq-atvori mashg‘ulotga xalaqit yetkazgan taqdirda, o‘quvchining o‘ziga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri intizomiy chora qo‘llanilmaydi. Ushbu holat bo‘yicha ma’muriy javobgarlik o‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakili)ga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Mazkur norma Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘iga 1-ilova bilan tasdiqlangan namunaviy odob-axloq qoidalarida mustahkamlab qo‘yilgan.

 

 

Mazkur hujjatning 14-bandiga ko‘ra, o‘quvchi darsda:

 

— tеgishli darslik va zarur o’quv qurollari bilan ishtirok etish;

 

— darslarda o’quv jarayoni bilan bog‘liq bo’lmagan boshqa ishlarga chalg’imaslik;

 

— o’qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bеrmoqchi bo’lganda qo’lini ko’tarib ruxsat so’rash;

 

— sanitariya-gigiеna va tеxnika xavfsizlik qoidalariga to’liq amal qilishi shart.

 

Agar o‘quvchi ushbu talablarni muntazam ravishda buzsa, uning ota-onasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanishi mumkin.

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, bunday holat bir yil ichida takror sodir etilsa, ota-onaga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo’ladi.