Диққат! Иншолар танлови

12-dan 22-yanvarga qadar Respublika "Kamalak” bolalar tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag‘ishlangan II Respublika insholar tanloviga start beriladi.

☝️️Tanlov ikki yosh toifasi doirasida o‘tkaziladi:

• 10-14 yosh;

• 15-18 yosh.

Tanlov g‘oliblari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

?Sardorlar Anjumani(oromgoh)ga yo‘llanma va fleshka(128gb);

?Power bank(20 000mah) va 10 ta kitob;

?Termos va 5 ta kitob.

Undan tashqari tanlovda g'olib bo‘lgan ishtirokchilarning insholari "Gulxan" jurnalida chop etiladi.

Tanlov yo’riqnomasi bilan quyidagi havola orqali tanishib insholaringizni ? @insholarbot'iga yuboring!

Barchangizga omad yor bo‘lsin!