Tanlov: Konstitutsiya mening nigohimda

?Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi hamda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti bilan hamkorlikda "Konstitutsiya - mening nigohimda" shiori ostida “8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”ga bag‘ishlangan online tanlov e'lon qiladi.

?Tanlov tasviriy san'at yo‘nalishda quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi:

?Eng ma’noli chizilgan “Bolalarning konstitutsiyaviy huquqlari”ga oid rasm (rasm rassomchilik uslublari va qoidalari asosida chizilgan, bolalarning huquq va manfaatlarini ifoda etishga, ularni hurmat qilishga, tegishli huquqlarni himoya qilishga targ‘ib etishi zarur).

Tanlovda ishtirok etish uchun materiallar joriy yilning 24-noyabr kunidan boshlab, 6-dekabr kuniga qadar telegram kanali orqali tanlovni tashkil etish ?nizomida belgilangan formatlarda material muallifining FISh, hududi, tumani, maktabi, sinfi va telefon raqamini ko‘rsatgan holda @tmnn0 telegram manziliga yuborilishi zarur. 

?Tanlov bo‘yicha batafsil tasdiqlangan nizom bilan quyidagi havola orqali tanishing.

https://telegra.ph/Konstitutsiya-mening-nigohimda-onlayn-korik-tanlovi-Nizom-11-23

✔️Tanlovda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan Respublikamizning barcha o'quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

?Hakamlar hay’ati tomonidan har bir yo'nalish bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchilar tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, har bir hududdan bir nafardan eng faol ishtirokchilar sertifikat bilan rag‘batlantiriladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi