Ustama olish uchun milliy sertifikatda eng kamida nech foiz natija qayd etish lozim?

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida sertifikat olish uchun maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plash lozim. Lekin ustama olish uchun minimal talab tegishli vazirliklar tomonidan belgilanadi. 2022-yil 11-mayda qabul qilingan Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga 20% (xalqaro tan olingan sertifikatlarga 50%) miqdorida ustama berilishi belgilangan. 

Bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili sertifikalar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxatini va har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini tasdiqlaydi hamda o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. 2022-yilda ustama olish uchun sertifikatning eng kam darajasi milliy sertifikat uchun 80% etib belgilangan.‌‌