Harbiylar haqida sher
Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but kapitan.
Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni “chang-gard”larga.
Yov kelsa gar olisiz kechib jondan,
Siz jasursiz hamda mag‘rursiz kapitan.
Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo kapitan?
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.
Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Fakhrlangum goh oshkora, goho chetdan–
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q kapitan!
➡️BARCHA SHE'RLAR TO'PLAMINI YUKLAB OLISH⬅️
"Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlangan tadbir ssenariylari
14-yanvar – Vatan ximoyachilari haqida sherlar
O‘zbekiston Askari
Qadamingdan o‘t chaqnar
Liboslaring yarashar,
Ko‘rganlar havas qilar-
O‘zbekiston Askari!
Sen o‘z o‘rning sardori
Himoyangda yosh-kari
Sergak turgin, charchama,
O‘zbekiston Askari!
Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir har oning,
Oshgay shuxrat va shoning-
O‘zbekiston Askari!
Ardoqlagin Vatanni
Bag‘ishlab jon-u tanni
Yo‘latmagin dushmanni
O‘zbekiston Askari!
Ozod yurtim bor, deb ayt
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Fakhr aylab bitgum bayt-
O‘zbekiston Askari!
14-yanvar – Vatan ximoyachilari haqida sherlar
Kimdir cho‘pak olsa o‘zbek nomiga,
Tegadi g‘ururning baland tomiga,
Yurak zirlalaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,
Tortadi alamli o‘ylar domiga…
Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuproqni sevgan bobojonlari.
Bu zamin ichida bitta Vatan bor,
Bir bog‘ bor, bir gulshan, bitta chamanzor!
Oh, mening yuragim - jon, O‘zbekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.
Ko‘taring boricha bu el shonini,
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,
G‘ayurlarni dami ichida qolsin,
E‘zozlab olishsin tilga nomini.
➡️BARCHA SHE'RLAR TO'PLAMINI YUKLAB OLISH⬅️
"Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlangan tadbir ssenariylari
14-yanvar – Vatan ximoyachilari haqida sher
Biringiz ugilsiz, biringiz yorsiz,
Biringiz inimiz, ishda hamkorsiz.
Og‘irimiz engil qilib doimo,
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz.
Muhtojlik sezamiz himoyangizga,
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va kukkaga sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz hamsoyangizga.
14-yanvar – Vatan ximoyachilari haqida sher
Yigitlar halqlarining maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Qalqon bor, qala but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at
➡️BARCHA SHE'RLAR TO'PLAMINI YUKLAB OLISH⬅️
"Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlangan tadbir ssenariylari
14-yanvar – Vatan ximoyachilari haqida sherlar
Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil halak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.
Erkakdan omadni ayama hayot,
Muhabbat qasrin ham etmagin barbod.
Ishiga unum ber, hamyoniga pul,
Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil!
Mayliga har zamon ichib “sher” bo‘lsin,
Maysa ga a‘nanab usti kir bo‘lsin.
Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda,
Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin!
Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘,
Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib cho‘g.
Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma,
Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma!
Nomardga zor qilma, dushmaniga xor,
Sha‘nini bukmasin, hech qaysi dildor.
Sen unga qudrat ber, ko‘ngliga g‘urur,
Tokim yiqilmasin yuragida or.
Hiyonat etmassin yori berib pand,
Oyo‘gidan chalmasin hech qaysi nomard.
Ayoldan qolmasin dildagi dog‘i-
Allohim, asragin bo‘lib panohi.
..Erkakning boshini egma, ey falak?!
14-yanvar – Vatan ximoyachilari haqida sherlar
Xonadon obru‘yi, taxti-erkakdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.
Erkaq bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kiz‘ganmas do‘sti, yoridan.
Dasturxon qutligi - ular mehnati,
Ustimiz butligi - ular himmati.
Farzandlar chirog‘i - ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.
Erkaqlar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obru‘yin qo‘llovchi ular.
Shunday yigitlarni sevar haloyiqlar,
Shundayin erkaqlar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.
Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.
➡️BARCHA SHE'RLAR TO'PLAMINI YUKLAB OLISH⬅️
"Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlangan tadbir ssenariylari