Yangilangan Pedagog platformasida Malaka toifasini (toʻgʻridan-toʻgʼri, navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari) olish uchun Murojaat yuborish jarayonida bir qator oʻrgartirishlar kiritildi.
Quyidagi maʼlumotlar murojaat yuborish jarayonida Platformada faqat integratsiya orqali shakllanadi:
1. Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning maʼlumotlari "Bolalar bogʻchasi" axborot tizimida mavjudligi;
2. Davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning maʼlumotlari "ERP Maktab" axborot tizimida mavjudligi;
3. Oliy hamda oʻrta maxsus maʼlumotga ega pedagoglarning diplom maʼlumotlari "Diplom Edu" axborot tizimida mavjudligi;
4. Barcha pedagoglarning ish staji boʻyicha maʼlumotlar "YAMMT" axborot tizimida mavjudligi.
Mazkur maʼlumotlar koʻrsatilgan axborot tizimlarida mavjud boʻlsagina murojaat yuborish mumkin boʻladi.
Malaka toifasi boʻyicha murojaat yuborishdan avval oʻz maʼlumotlaringizni tekshirishingizni iltimos qilamiz.