Savol: Men qancha vaqtga o‘z hisobimdan ta’til olishim mumkin? Agar muddatdan o‘tib ketsa,shartnoma bekor bo‘ladimi? Qaytadan yana ishga qaytishga nima qilishim kerak?
HUQUQSHUNOS JAVOBI: Mehnat kodeksining 241-moddasi Ish haqi saqlanmaydigan ta’til tushunchasi va uni berishning umumiy tartibi haqida.
Unga ko‘ra:
Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til tushuniladi.
Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan olti oygacha ko‘paytirilishi mumkin.
Yuqoridagilarga asosan, 3 oyga o‘z hisobizdan ta’til olishingiz mumkin.
Siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi siz ishga o‘z vaqtida qaytmaganiz sababli ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinadi.
Ish o‘rniz bo‘sh bo‘lsa, kadr orqali bo‘sh ish o‘rniga hujjatlarizni topshirib ishga kirishingiz mumkin.
Manba