Yakuniy davlat attestatsiyasida oʻquvchilarning bilimlarini baholash uchun maxsus platforma yaratiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug’iga ko’ra, joriy yilning 20-apreliga qadar yakuniy davlat attestatsiyasida oʻquvchilarning bilimlarini shaffof va adolatli baholash uchun maxsus platforma yaratiladi.


2025-yilning may oyida yaratilgan platformani oʻrnatilgan tartibda aprobatsiyadan oʻtkazish, platforma bilan ishlash uchun ekspertlar guruhini shakllantirish, ular uchun platformadan foydalanish boʻyicha oʻquv-trening oʻtkaziladi.


Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun fanlar kesimida nazorat materiallari ishlab chiqib, imtihon materiallari bazasini taʼlim beriladigan barcha tillarga tarjima qilish va ekspertizadan oʻtkazish belgilangan.


Eslatib o’tamiz, 9-11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).