Maktabda dars o‘tilmasa, kim javobgar?

SAVOL:
Maktabda geografiya darsi o'tilmaydi. O'qituvchi boshqa maktabga direktor bo'lib ketgan lekin maktab direktori kelmaydigan oqituvchiga dars berib qo'ygan.  Bundaylarga qanday chora bor?

 

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 16  oktyabrdagi 334-sonli buyrug‘iga 43 – ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yo‘riqnomasiga ko‘ra direktor birinchi navbatda fanlar bo‘yicha malakali pedagog xodimlarni ishga qabul qilishi, darslarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishini ta’minlashi shart.


Bu holatda direktorning ushbu majburiyatlarni bajarmasligi intizomiy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu sababli, ota-onalar yuqoridagi organlarga murojaat qilishi lozim.