O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.09.2019 yildagi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida 823-son qarori 29-bandiga ko'ra,
Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi belgilangan.
2026-yil 1-avgust holatiga eng kam ish haqi 1 mln 360 ming so‘m. Ushbu summaing 75 foizi 1 020 000 so'mni, 50 foizi 680 ming so'mni tashkil etadi.
Pedagoglar va rahbar xodimlar 1-oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar" bayram kuni munosabati bilan 680 ming so'mdan 1 020 000 so‘mgacha pul mukofoti olishlari mumkin.
Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg‘armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag‘lari doirasida belgilanadi.