Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun toʻlov miqdori 50 foizga tushirilishi taklif qilinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori (Loyiha)

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda pedagog shaxslarga imtiyozlar qoʻllash orqali ularni qoʻllab quvvatlash munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanadajadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentyabrdagi PQ–286-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek davlat xizmatlarini koʻrsatishda pedagog shaxslarga imtiyozlar qoʻllash orqali ularni qoʻllab quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
...
davlat xizmatlarini koʻrsatishda pedagog shaxslarga toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qoʻllash.

 

8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional vamaktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi birinchi xatboshisidagi “bir baravari” soʻzlari “ellik foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

 

 

hozirgi 412 ming soʻm oʻrniga - 206 ming soʻm (370 ming 800 soʻm oʻrniga - 185 ming 400 soʻm)

 

P.S.  Mazkur tashabbus joriy yilning 15-sentyabr kuni Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan oʻtkazilgan muloqotda taklif qilingan edi.