Asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi 1-guruh fanlari boʻyicha reja-grafik asosida 24-29-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Olimpiada an’anaviy tarzda 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo va biologiya) fanlaridan o’zbek va rus tillarida bo‘lib o‘tadi.
Sinovlar 2 turda: yozma va test shaklda tashkil etiladi.
Yozma ish – 5 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, 180 daqiqa vaqt ajratiladi.
2-turda ochiq va yopiq shaklda 30 ta test topshiriqlari uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
Informatika fani esa 1 turda ya’ni turli qiyinlik darajasidagi 5 ta masala taqdim etiladi. Uni onlayn platformada yechish uchun 240 daqiqa vaqt ajratiladi.
Kimyo fani ishtirokchilari Mendeleyev davriy jadvalini, kimyo va fizika fani ishtirokchilari esa kalkulyator olib kirishlari mumkin.
Matematika fani ishtirokchilariga qalam, chizg‘ich, o’chirg’ich va sirkul olib kirishlariga ruxsat beriladi.
Ishtirokchilar olimpiadaga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta), maktabning maxsus ma’lumotnomasi va ruchka bilan kelishlari lozim.
Eslatib o‘tamiz, hududiy bosqichda eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan o‘quvchilar pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.