2025-2026 o'quv yili uchun qizil maktablar ro'yxati tasdiqlandi

2025-2026 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ("qizil maktablar") ro‘yxati tasdiqlandi

➡️Ro'yhatni yuklab olish
➡️Barcha ma'lumotlarni yuklab olish

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025-2026 o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan jami 470 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir ma’muriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

 

➡️Ro'yhatni yuklab olish

➡️Barcha ma'lumotlarni yuklab olish