9-sinf O'zbekiston tarixi fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

 

✅Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2024/2025-oʻquv yilida 9-sinflarda yakuniy imtihon yozma va ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

 

✅Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha  umumtaʼlim maktablarning 6-7-8-9-sinflar mavzularini qamrab olgan.
Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.

 

✅Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Savollarning 2 tasi bilishga, 2 tasi qoʻllashga. Faqat mulohazaga oid savolga javob ogʻzaki topshiriladi. Ogʻzaki imtihon qismida 10 ta variant orasidan oʻquvchi bitta mulohazaga oid topshiriq tanlab oʻz variantida tushgan savol yuzasidan 10 daqiqa tayyorlanadi va 3 daqiqa gapiradi. Yozma savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar. Oʻquvchi bilet savollariga javob berishi uchun jami 120 daqiqa vaqt beriladi.

 

➡️Imtihon javoblari