Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ustama olishlari uchun nima qilishlari kerak  

Direktor jamg‘armasidan ustama tayinlashda asosiy ballni fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlarda qatnashib ijobiy natija qayd etgan o‘quvchilarning ustozlariga beriladi. Ya’ni, maksimall 30 ball beriladi. Biroq boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarigachi? Axir ularda olimpiada yo‘q-ku, qolgan tanlovlar ham deyarli bo‘lmaydiku.

Bizga ma’lumki, MMTV ning 2025-yil 13-yanvardagi 03-14-75 -sonli xati bilan bu yil ustama tayinlashda hisobga olinadigan olimpiadalar, tanlov va musobaqalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ana-shu xatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari maktabda direktorining buyrugʻi bilan maktab miqyosida oʻtkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanishi belgilandi. 

Demak, hozirda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari maktab miqyosida qandaydir tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazishi kerak. Ushbu tanlovlarning nizomi, baholash mezoni, hakamlar hay’ati tarkibi va shu asosida direktorning buyrug‘i (buyruq adliya orqali tasdiqlanadi) bo‘lishi lozim. Shunda ushbu tanlovda qatnashib 1-2-3-o‘rinlarni olgan o‘quvchilarning ustozlariga maksimall 30 ball beriladi va bu ustama olishning asosiy kaliti bo‘lib xizmat qiladi.

Yuqori sinf o‘qituvchilariga tumanda (shaharda) o‘tkazilgan olimpiada, tanlov va musobaqalar hisobga olinadi.

Tanlov ro'yxatlari bu yerda bu yerda:

➡️Tadbirlar ro'yxati⬅️
 

➡️ Ustama hujjatlari to'plami
 

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori, Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli xati, MMTV ning 2025-yil 13-yanvardagi 03-14-75 -sonli xati

 

➡️Mehnat ta'tili puli qanday hisoblanadi?