Ustama tayinlash qachondan boshlanadi?

➡️USTAMA UCHUN BARCHA HUJJATLAR JAMLANMASI⬅️



Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga asosan:
Ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Ustama olishga da’vogar pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining arizalariga muvofiq ularning faoliyati o‘rganib chiqiladi va ustama tayinlash, yoki tayinlamaslik bo‘yicha qaror chiqariladi.

Demak, Ishchi guruh tomonidan ustama tayinlash jarayoni 25-maydan so'ng tashkil qilinadi va o'rganishlar olib boriladi. Ustama tayinlash bo'yicha ishchi guruh qarori 1-iyulga qadar chiqrilishi shart.

Ariza topshirishni 15-maydan boshlash tavsiya etiladi.
 

DIQQAT! Umumta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligidan qat’iy nazar, ularning faoliyati Nizom talablariga mos kelgan taqdirda ustama belgilanadi.

Ariza uchun fayllar va barcha ustama hujjatlarini quyida yuklab olishingiz mumkin.

Ustiga bosing va yuklab oling:
➡️USTAMA UCHUN BARCHA HUJJATLAR JAMLANMASI⬅️