
Joriy oʻquv yili yakunida respublikadagi oʻn mingdan ziyod maktablarning 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar yigit va qizlar tugatmoqda. Aʼlo bahosi va namunali xulqi bilan oʻrnak koʻrsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanadi.