
Ziyoda Abdullayevna:
15 aprel kuni geografiya fanidan men ham Attestatsiyaga borgan edim.
Oʻzim oliy toifali ustozman.2027 -yilgacha edi muddati.
Savollar bilan tanishib oliy toifani muddatini uzaytirib olmoqchi boʻlib qatnashgan edim.
2022 yil 88 ball bilan attestatsiyada oliy toifani olgan edim.
Bu yilgi attestatsiya imtihonida 60 ball oldim.
Chunki savollar noaniq mujmal.xira va javob variantlari noʻtoʻgʻri edi.
Imtihonda oʻtirib e'tirozlar degan joyiga qaysi savollarda kamchilik boʻlsa kiritib ketdim.
Qayta imtihonni tashkillashtirib berilsin.
Qanchadan qancha geograflarimizni qalblari chilparchin boʻldi.
Munavvar Bozorqulova:
Assalomu alaykum ustozlar bizni dars soatimizni qisqatirganlari yetmaydimi attestatsiyada qilgan ishlari oshib tushdi Geografiya fani o'qituvchilari 99%pedagog yetarli ball toʻplay olmadik.Testni qayta otqazish kerak yoki test tuzgan odam izohlab bersin.Bizni qancha sogʻligimiz asablarimiz ketmoqda Toifa testidan oʻtaman deb farzandlarimiz rizqini ham qiyib sizlarga toladik .Butun O'zbekiston geograflari savotxonsiz bob qolyabdi
Jurabek Kudratov:
Men qiyin savollar bilan attestatsiyadan yiqilganim yuq, meni XATO savollar orqali yanayam ochiqroq qilib aytganda javobi berilmagan savol va 1 savol uchun 2 ta toʻgʻri javob berilgani uchun yiqildim. Bunday savollar ancha vaqt oldi va qolgan savollarga javob topish uchun yetarlicha vaqt qoldirmadi.
Men geografiya attestatsiyasi qayta oʻtkazilishini talab qilaman.
Qizlarxon Ahmadaliyeva:
Assalomu alaykum. Bu yilgi attestatsiya savollari xaqiqiy geograf tomonidan tuzilganiga shubham bor. Chunki savollar bir-biriga nomutanosib tuzilgan, masala shartlarida kamchiliklar bor, vaqt taqsimoti hisobga olinmagan, rasmlar va diagrammalar juda xira berilgan.Savollarni murakkablik darajasiga e'tibor berilmagan.Men bu jarayondan noroziman. Test jarayonini qaytadan o'tkazishlarini ma'sullardan so'rab qolaman.
Nargiza_:
O‘zbekiston geografiya ustozlari, jumladan men ham, attestatsiya (malaka) imtihonlari savollaridan o‘tolmaganimizni va savollar shaffof emasligini, aniq javoblar yo‘qligini, ba'zi savollarda ikkita to‘g‘ri javob borligini, moslashtirish savollarida esa moslashtirish uchun ancha vaqtimiz yetmaganini, Venn diagrammasidagi harflar juda kichik va xira bo‘lib, ko‘rish darajasi past,savollar juda tushunarsiz. Bu test savollarin tuzishda vaqt hisobga olinmagan
1 oy oilamizdan uzoqlashdik farzandlarimizga etibor bera olmadik oyi aylanishga boraylik biz qachon aylanamiz deb gapirganda toxtab turinglar toifa olib olay keyin hammamiz aylanamiz degan edim kelsam nima boldi oyi toifa oldingizmi deydi????
Attestatsiya qaytadan o'tkazilishi kerak qayta qilib bersin bitta o'tmasa ham mayli 99 % pedagog o'ta olishmagani mantiqga ham tog'ri kelmaydi
Gulshoda Ortikova:
Assalomu alaykum hurmatli rahbarlar.Men 15.04.2025 yil Geografya fanidan oʻtkazilgan attestatsiya savollarini izohlab savollarni aniq javoblarini oʻzingiz izohlab berishingizni soʻrayman.Chunki bizga Testlarda berilayotgan savollar umuman talabga javob bermadi.Hatto javobi ham aniq berilmagan.Eyler Ven deogrammasi ham javobiga mos emas.Xaritalar Xira ,chizmalar ham hira.Hatto berilgan vaqtimiz ham yetmadi.Bilmadim maqsadilar Geografya fanidan oʻch olish boʻldimi.
Men mutlaqo noroziman attestatsiyadan.Yoki qayta qoʻyib beringlar,yoki ballarimizga ball qoʻshib beringlar.Chunki fanlar ichda eng qudratlisi Geografya........
Гулиза Тиллабековна Тугелова:
Assalamualekum. Men 15 aprel sanasida geografiya fanidan o'tkazilgan attestasiyadan noro'ziman. Savollar noto'g'ri tuzilgan, javob variantlar ichida yo'q, xarita bilan savol bir-biriga to'g'ri kelmaydi, diagramma shaklida berilgan savol variantlari juda xira ko'rinmaydi, ba'zi savollarga 2 ta javob varianti to'g'ri berilgan. Qiyinlik darajasi bilan vaqt bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Moslashtirish juda ko'p bo'lgani uchun vaqtni ham ko'paytirish kerak. Iltimos qilardimki savollarni qayta ko'rip chiqishlarini va attestasiyani takror o'tkazilishini. Hech bo'lmaganda 90 minut vaqt ichida bizga berilgan savollarga ekspertni o'zi javob berip tahlil qilsin. Biz hato qilganimizni isbotlab berishini so'rayman.
Mohigul Otamurodova:
50 ta savol- 90 daqiqa vaqt
1ta savolga -1.8 daqiqa vaqt
10 yaqin masala. Bitta masala uchun 10-15 daqiqa vaqt kerak. Masala bo'lmagan savollarda ham bitta savolni ichida 3 ta savol bor. Biri bog'dan biri tog'dan. 90 minutni ichida qaysi bir savolni ishlaylik
Nargiza Murtazayeva:
Men butunlay noroziman bu attestatsiyadan,bilinib turibdi ataylab yiqitish uchun tuzilganligi.Meni milliy sertofikatim bor, oliy toifani utgan yilgi attestatsiyada 94 ball bilan olganman,nima meni bilimim 1 yilda kamayib ketganmi,yuq aksincha ancha oshgandi.Yokiy davlat menga milliy sertifikatni shunchaki berib yuborganmi,o‘qituvchini obro‘yini oshiramiz degani shu bo‘ldimi?
O'tkir Qurbonov:
Toifam oliy,+A, sertifikatim bor, viloyatda hamisha oʻrnim bor pastroq boʻlsada,50 ga yaqinlashib hali bunaqa.mantiqsiz test koʻrmaganman 68 ball oldim ammo 90 moʻljallagandim
Islombek Karimov:
Adolatsizlik
• 2025-yil 15-aprel kuni Geografiya fanidan attestatsiya test sinovlari boʻlib oʻtdi. Jarayonda 4000 mingdan ortiq pedagog qatnashdi. Afsuski, ularning 95% qismi imtihondan "yiqildi"...
Repititor: Islomjon Karimov
Sabablari bisyor, uyushtirilgandek:
➖ savollarning ilmiyligi past;
➖ savollar darajaga mos emas;
➖ savol ham, javob ham xato;
➖ xarita va chizmalar juda xira;
➖ pedagogika Xitoy devoridek...
Maqsad testdan yiqitib, ustama bermaslikmi? Nima qilasizlar bunaqa mantiqsiz, saviyasiz test tuzib?! Hatto javobi ham yoʻq ayrimlarida!!!
@Respublika_geograflari
Qaxxorova Zebiniso:
Men ham 20 yillik geografiya o'qituvchisiman. Umrbodlik oliy toifani olganman.Har galgi attestatsiyadan 96,98 ballar bilan o'tganman. Milliy sertifikatim bor. Qator yillar repitorlik qilganman. Eski-yu yangi darsliklardagi mavzular, betigacha yod bo'lib ketgan.
Men ham bu safargi attestatsiya dan past ball oldim. Men nimadan noroziman??!!
Birinchidan savollar orasida mantiqsizlik bor.
Ikkinchidan ba'zi bir savollar tamoman xato, ba'zilarida javoblar yetishmaydi.
Uchinchidan savollarda texnik nosozliklar mavjud. Ya'ni xaritalar xira, diagrammalar orasidagi raqam yoki harflar juda kichik, noaniq shriftlarda berilgan.
To'rtinchidan pedagogikadan savollar juda murakkab , mavhumlikdan xoli emas.
Beshinchidan men aynan savollarni kalitlari ba'zaga noto'g'ri kiritilgan deb o'ylayapman. Chunki men savollarni bajarishga qiynalmadim. Masalalarni ham yechdim. Men shu darajada ko'p xato qilishim mumkin emas. Shunchaki be'etibor yechgandayam buncha xato qilishim mumkin emas.
Oltinchidan savollarni shu darajada uzun, murakkab, mantiqiy qilib tuzishgan ekan, har bir testga ketadigan vaqtni ham inobatga olish kerak edi. Sababi men geografiyadan berilgan masalani yechishga 1-2 daqiqa vaqt sarflagan bo'lsam, bitta pedagogika testini o'qib tushunib yetguncha 4-5 daqiqa ketdi. Shaxsan menga berilgan vaqt yetmadi.
Yettinchidan mayli men shuncha xatolikka yo'l qo'yibman, ammo butun Respublika bo'ylab shu ahvolku. Bu degani butun geograf o'qituvchilar bilimsiz deganimi.
Sakkizinchidan men shunchaki o'z ustimda ishlash uchun, savollar bilan tanishish uchun kirgan bo'lsam, qanchalab yosh, shijoatkor, bilimli yoshlarimiz 2-1-toifaga o'tish uchun ilk attestatsiya bosqichiga ne-ne orzu umidlar bilan borishgan. O'ylab ko'raylikchi , ular ruhan sinishmadimi.
To'qqizinchidan shunday ekan bunday attestatsiya jarayonlarini bizga nima keragi bor. Bunaqa o'yinlar qilib qalbimizni sindirmang. Kelajakka bo'lgan, o'z-o'zimizga bo'lgan ishonchimizni parchalamang.
Men ham bir geografiya o'qituvchisi sifatida mutasaddilardan javob kutib qolaman. Zero fanimizga bo'lgan e'tiborni susaytirgan bir vaqtingizda, inson ruhiyatini, uning qadr-qimmatini e'tiborga olarsiz!!!!